OpenStreetMap logo OpenStreetMap

Khurshid Zafari's Diary

Recent diary entries

Maarba

Posted by Khurshid Zafari on 15 March 2016 in Uzbek (O'zbek).

Bugun Humanitarian mapping bo’yicha ikkinchi loyihani boshladim. Al-Tal shahrining xaritasi biroz qiyinchilik tug’dirdi. Chunki kul rang binolarni yerdan ajratib olish qiyin bo’ldi. Hozir endi Maarba shahrining xaritasini ustida ish boshlandi. Maarba Al-Taldan kichikroq shahar, shuning uchun baland binolari ko’p emas. O’ylaymanki, bu loyiha tez bajariladi.

Location: معربا, ناحية مركز التل, منطقة التل, محافظة ريف دمشق, Suriya

1-kun

Posted by Khurshid Zafari on 25 February 2016 in Uzbek (O'zbek). Last updated on 2 March 2016.

Bugun OSMda taxrirlashimning ilk kuni. O’zbekistonda faqat Toshkent shahri to’liq xaritaga tushirilgan. Shunda ham ba’zi yangi joylar xaritaga kiritilmagan, lekin Toshkent xaritasini qoniqarli darajada desa bo’ladi. Viloyat markazlaridan Samarqand shahrining xaritasi e’tiborga molik. Qolgan yirik shaharlar xaritalarida ko’p bo’sh joylar mavjud. Kichikroq shaharlar, tuman markazlarining xaritalari esa deyarli to’ldirilmagan.

Location: Yakkasaroy Tumani, Toshkent, 100000, Oʻzbekiston